Yelkanli flot
Yelkanli flot-yelkanli kemalardan tashkil topgan harbiy-dengiz floti. Eshkakli flotdan Yelkanli flotga o’tish XV asrda boshlangan. XVII asrda Angliya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida muntazam Yelkanli flot faoliyat yuritgan. Rossiyada XVIII asr boshlarida, Pyotr I davrida, asos solingan. XIX asr o’rtalaridan, 1853-1856 yillardagi Qrim urushidan so’ng, Yevropaning barcha davlatlari bug’ kemalari qura boshladi. Chunki urush Yelkanli flotning eskirganini ko’rsatdi.
O‘xshash so‘zlar
- YELKANTEPA
- YELKANLI KEMA
- YELKANLI CHANA
- YELKAN KAPALAKLAR
- YELKANLI KEMA SPORTI
- Yelkanni kim yaratgan?
- Yelkanli baliq dunyo okeanidagi eng tez baliqdir
- Yerto’la





