Gajak

Gajak — 1) ayollarning ikki chakkasidan tushib turgan soch tolalari, zulfi; 2) ayollarning ziynat buyumi; chakkaga taqiladigan juft taqinchoq. Asosiy shakli bodom kurinishida bulib, oxirgi qismi jingala kabi bukilgan; 2 ta ilgagi bulib, biri quloqqa, biri bosh kiyimiga yoki sochga mustahkamlanadi, shunda Gajak chakkada gorizontal joylashadi. Buyum yuzasi mayda Feruza kuzlar halkasi bilan o’ralgan yirik, rangli shisha ko’zlar bilan bezatilgan; asosiga marjon va zig’irakli shokilalar o’rnatilgan, orqa tomonida qush pati urnatishga muljallangan naychalari bor. Oltin, kumush va boshqadan juft qilib yasaladi. Toshkent, Samarqandda tillaqosh bilan bir ansamblni tashkil kiladi. Buxoro, Samarqandda qushgajak, yarim oy, bodombargi xillari ham tarqalgan; 3) zulf, jingala ko’rinishidagi naqsh elementi; naqsh mujassamotida to’ldiruvchi vazifani o’taydi.