Gaz

Gaz — 1) uzunlik va masofani o’lchash uchun mo’ljallangan qadimgi o’lchov birligi; arshin. O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekistonning ba’zi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 metr deb qabul qilingan. Gaz 3 xil usulda aniqlangan: 1-usulda uzatilgan qo’lning barmoqlar uchidan elkagacha bo’lgan masofa (70-75 santimetr) (birinchisi); ko’krakning o’rtasigacha bo’lgan masofa (80-gramm-90 santimetr) (ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha bo’lgan masofa (105-5-110 santimetr) (uchinchisi). 2-usulda gazning o’lchami 1 barmoq=6 arpa doni (1 arpa doni 6 ishchi ot yoliga teng) orqali aniqlanadi. O’zbekiston hududida 1Gaz=24 barmoq bo’lgan; agar 1 barmoq 2,18+2,28 santimetr bo’lsa, 1 Gaz taxminan 52,32-54,72 santimetr bo’lgan. 3-usul bo’yicha g.ning o’lchami Mushtum (tutam) orqali aniqlanadi. Bunda 1 Mushtum 4 barmoqqa tengligidan, shuningdek bosh barmoqning ko’tarilgan holatdagi uzunligi 3 barmoqqa tengligidan yangi uzunlik o’lchov birligi — «Mushtum ko’tarilgan bosh barmoq bilan» paydo bo’ladi va u miqdor jihatidan 7 barmoq qiymatiga teng hisoblanadi. Shulardan 1 Gaz=6 Mushtum + 1 Mushtum ko’tarilgan bosh barmoq bilan = 6-4 barmoq + 7 barmoq =31 barmoq. Demak, bu usulda 1 Gaz 31 barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoqning o’rtacha 2,18+2,28 santimetrga tengligidan 1 Gazning qiymati aniqlanadi: 1Gaz= 31 barmoq =31 (2,18+2,28)=b7,58+70,68 santimetr. Qayerda va nima uchun ishlatilishiga qarab g.ning qiymati har xil bo’lgan: Xorazmda Gaz ikki xil o’lchovga ega bo’lgan: yer o’lchash uchun, mato o’lchash uchun, ya’ni 1 yer gazi=49 barmoq, 1 mato gazi=28 barmoq; 1 barmoq Xorazmda 2,078 santimetr ekanligi hisobga olinsa, 1 yer gazi=101,882 santimetr; 1 mato gazi=58,184 santimetr ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 santimetrga teng deb olinsa, unda 1 yer gazi=49-2,18=106,82 santimetr; 1 mato gazi=28-2,18=61,04 santimetr ekanligi kelib chiqadi. Buxoroda ham ikki xil gaz o’lchami qo’llanilgan. Birinchisi — oddiy gaz 24 barmoqqa teng. Har bir barmoq (Xorazmdagidek) 2,078 santimetrga teng kilib olingan. Shunda 1Gaz=24 barmoq = 49,875 santimetr bo’lgan. Ikkinchisi Buxoro qarisining uchdan biriga teng bo’lgan. Buxoro shoh gazi 106,82 santimetr ga teng. Yana Gazning ikki shoh gaziga teng bo’lgan qiymati ham bo’lgan va u xalq orasida katta gaz deb ham yuritilgan. Buxoroda 1740 yildan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng bo’lgan gaz ham qo’llanilgan. Uning qiymati 1Gaz=36barmoq = 36-2,18=78,48 santimetr bo’lgan. Samarqand, Toshkent va Farg’onada ham gazning ikki xil qiymati qo’llanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng bo’lgan. 1 barmoq = 2,18 santimetr ekanligidan birinchisi — 1Gaz=40 barmoq = 87,2 santimetr; ikkinchisi — 1Gaz=49 barmoq=106,82 santimetr. Gaz amalda ming yillardan beri qo’llanib kelingan hozirgi kunda ham gaz xalq orasida, ya-Vni muomalada miqdori 0,71 metr bo’lgan uzunlik o’lchovi birligi sifatida qo’llanilmoqda; 2) azaldan xalq orasida qo’llanib kelingan, uzunlik jihatidan 0,71 metrga teng bo’lgan arshin yoki olchin kabi uzunlik o’lchov vositasi — reyka; 3) O’zbekistonning ba’zi joylarida gaz hajm o’lchov birligi. Masalan, Gaz bil;n moy hajmi o’lchangan, 1Gaz hajm = 310-=-325 kub santimetrga teng bo’lgan, bu esa 0,310+0,325 l ga to’g’ri keladi; 4) to’qimachilikda — polotno o’rishda to’qilgan yengil shoyi gazlama; harir Gazdan durra, sharflar tikiladi. Ad.: Ahrorov N., Qadimiy o’lchov birliklari, T., 1996.