Metabolitlar

Metabolitlar — o’simlik va hayvonlarning hujayralari, to’qimalari hamda organlaridagi almashinuv jarayonida hosil bo’ladigan moddalar. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Ko’pincha Metabolitlar qonga tushgach, funktsiyalarning gumoral regulyasiyasida qatnashib, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga faol ta’sir etadi.