Solodlar

Solodlar — tuproq tipi; yer usti suvlari ta’sirida vujudga kelgan ortiqcha namlik sharoitda sho’rtoblardan rivojlanadi. Urmondasht va dasht zonalarda, shuningdek, quruq hamda chala cho’l dashtlarda tarqalgan. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik maydonlarida Profili aniq ifodalanmagan solodlashgan tuproqlar uchraydi (A. N. Rozanov, 1948).