Solo

Solo (lotincha solus — bir, yakka) — 1) ko’p ovozli musiqa asarlarida yakkaxon xonanda yoki sozanda tomonidan xor, orkestr yoki ansambl jo’rligida ijro etiladigan mustaqil partiya; 2) yakka xonanda yoki yakkanavoz sozandaga mo’ljallangan musiqa asari yoki yaxlit asar parchasi. Kontsert asarlarida jo’rsiz Solo — Kadentsiya deyiladi.