Li bon, Li Bi, Li namde
Li bon, Li Bi, Li namde (taxminan 510-548) — Vetnam xalqining Xitoy bosqinchilariga qarshi ko’targan qo’zg’oloni rahbari (541-544). Ilk Li sulolasi (544-603) asoschisi. Bosqinchilar quvib chiqarilgandan keyin o’zini Li namde nomi bilan imperator deb e’lon qilgan (544). Vansuan imperiyasini tuzgan. Li bon 545 yildan mamlakat mustaqilligi uchun Xitoyning Lyan sulolasiga qarshi urushlar olib borgan.