Langar

Langar — Farg’ona viloyati Oxunboboyev tumanidagi qishloq. Tumanning ma’muriy markazi. 440 metr balandlikda joylashgan. Viloyat markazi (Farg’ona) dan 25 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Marg’ilon (14 kilometr). Aholisi 1,5 ming kishi (2002). Katta Farg’ona kanalidan suv oladi. Qishloq hududidan Margilon, Farg’ona, Andijon shharlari yo’nalishida avtomobil yullari o’tgan. Langarga 1860-yillarda asos solingan. Marg’ilondan Markaziy Farg’onaga, cho’ldan Margilonga keluvchilar o’sha joyda tuxtab, dam olib, so’ngra yo’lga tushganlar. Shu bois «Langar» (yo’lovchi yoki karvon to’xtaydigan manzil) so’zi keyinchalik vujudga kelgan qishloq nomiga aylangan. Langarda aloqa bo’limi, umumiy ta’lim maktabi, agroiqtisod kasb-hunar kolleji, kutubxona, kasalxona, «Istiqbol nuli» gazeta tahririyati binosi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.