APOFERMENT

APOFERMENT (apo … bu yerda kichraytirishni bildiradigan old qo’shimcha va ferment) — ikki komponentli fermentlarning oqsilli qismi. Koferment bilan birikib, to’la ferment hosil qiladi. Apoferment fermentning o’ziga xos (tanlab) ta’sir ko’rsatishini ifodalab beradi.