ABADIY MUZLOQ YER

ABADIY MUZLOQ YER (ko’p yillik muzloq yer, doimiy muzloq yer, mangu tung yer) – Yer yuzasidan ma’lum chuqurda joylashgan va uzoq vaqt (2 yildan bir necha ming yillargacha) muttasil muzlab yotadigan (temperaturasi 0 gradusdan past bo’lgan) tog’ jinslari. Odatda yer yuzining shimoli va janubi sovuq o’lkalarda hamda baland tog’larda uchraydi. Yevrosiyoda abadiy muzloq yer maydoni 10 million km kvadratdan ziyod. Yillik o’rtacha temperaturasi 0 gradusdan past bo’lgan o’lkalarda keyingi davrlarda ham abadiy muzloq yerlar vujudga kelayotgani haqida ma’lumotlar bor. Abadiy muzloq yerning yuza yupqa qatlami yoz vaqtida bir oz eriydi. Abadiy muzloq yer turproq jarayoniga, o’simliklarga, hayvonot dunyosiga ta’sir etadi. Abadiy muzloq yer qurilish ishlarini qiyinlashtiradi.