Abbosiylar davri adabiyoti (750-1258 yillar, VIII-XІІІ asrlar)
Reja:
- Yangilanish davriga umumiy xarakteristika.
- Mazkur davr adabiyotidagi janrlar.
- Yangilanish davri shoir va adiblari.
Umaviylar hokimiyati inqirozga yuz tutgandan so’ng xalifalik Abbosiylar sulolasiga o’tdi. Uning asoschisi Abu-l Abbos as-Saffox bo’lib, u Umaviylar sulolasi vakillarining barchasini qatil qildirdi va poytaxtni Damashqdan Iroqdagi al-Anbar shahriga ko’chirdi. Undan keyin xalifa bo’lgan uning ukasi Abu Ja’far al-Mansur(754-776) poytaxtni Bag’dodga ko’chirdi. Abossiylar davlatining rivojlanishiga forslar katta ta’sir ko’rsatdilar. Davlat tuzilishi, uning devonlaridagi ish yuritish va boshqa ko’pgina yumushlar forslar qo’l ostida bo’ldi. Bu davrida ilm – fan, madaniyat rivoj topdi. Abbosiylar madaniyati rivojiga quydagilar ta’sir ko’rsatdi.
1.Asl Arab madaniyati. Uning asosida Qur’oni Karim va u bilan bog’liq bo’lgan diniy ilmlar,Arab tili nahvi – sarfi o’rin olgan.
2.Qadimgi yunon madaniyati. Bu madaniyat Sharqqa Iskandar Zulqarnayn davrida kirib kelgan bo’lib, yunonlar Sharqda o’z falsafiy yo’nalishlarini tabobat,falakiyot ilmlarini tarqatgan edilar.
3.Sharq madaniyati, bu Sharqda fath qilingan turklar, fors, hind va Somiy xalqlar madaniyati majmuasidan iborat.
Abbosiylar davri adabiyoti uch davrga bo’linadi.
- Yangilanish davri (YIII asr o’rtalaridan-ІX asr boshigacha.)
2. Yangilanish davriga qarshi bo’lgan muqobil davr (ІX asr boshlaridan -X asr birinchi choragigacha bo’lgan davr.)
3. X asrdan – XIII asrgacha bo’lgan davr Arab adabiyoti, san’ati, ilm-fani madaniyati juda rivojlangan davr hisoblanadi.
Abbosiylar davrida adabiyotning bosh markazi Bog’dod bo’lib,ilm fan rivoj topgan Basra va Kufa shaharlarida fanning turli sohalari Arab sarfi naxvi, uning nazariyasi, adabiyot va adabiyot nazariyasi kabilar rivojlandi. Iroq shaharlaridan tashqari mashhur fan markazlari – dinga oid ilmlar – Makka va Madinada, dinga va tilga oid ilmlar Misrning Qohira va Fustat shaharlarida, Somoniylar poytaxti – Buxoroda, Tabariston poytaxti Jurjonda, Suriyadagi hamadoniylar mamlakati markazi Halabda rivojlangan edi. Abbosiylar davrida she’riyat mavzui va janrlarda sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Sheriyatdagi yangi yo’nalish va yangi mavzular quydagilar: 1) falsafiy sheriyat; 2).Sufiy sheriyat;
Bashshor ibn Burd.
Yangilanish davri vakillaridan biri Bashshor ibn Burd Basrada 714yili fors qullari oilasida tavallud topdi. Mustaqillikni qo’lga kiritgach, Arab tilini mukammal o’rganish maqsadida badaviylar orasida yashaydi. So’ngra o’sha vaqtda ilm – fan markazi bo’lgan Basraga qaytib, ulug’ustozlardan til, adabiyot va boshqa ilmlardan dars oladi. U 10 yoshidan she’r yoza boshlagan. Unig she’r yozishga qobiliyati va boshqa ko’pgina ilmlardan ma’lumoti bo’lsada, tarbiyasi juda sust bo’lgan. Bu esa uning o’z asarlarida aksini topgan. Shuning uchun Basralik Shayx Vosil ibn ato va uning izdoshlari shoirni 744 yil Basrani tark etishga majbur qiladilar.
Shoir Xarronga – Sulaymon ibn Xishom oldiga yo’l oladi,biroq u Bashshorni qabul qilmaydi. Shoir Iroq hokimi Yazid ibn Umar ibn Xubayra al-Fazzariy huzuriga kelib, Qays aylan qabilasiga atab yozgan qasidasini o’qib beradi. Mazkur madhiya hokimni rom etadi. Bashshor Kufada 750 yilgacha istiqomat qiladi. Basrada uni qabul qilmaydilar. 762 yilgacha u shahardan bu shaharga yurish bilan umrini o’tkazadi. Keyinchalik u Basraga qaytadi, biroq Xalifa al – Mahdiy Bashshorni o’ldirishga farmon bergach, 784 yili u 70 ta qamchi zarbidan vafot etadi.
Sayfud – Davla kutubxonasi xodimlari Abu Bakr al-Xolidiy va Abu Usmon al-Xolidiylar Bashshorning tanlangan she’rlarining 320 baytini o’z ichiga olgan to’plamini nashr qildirganlar. Bashshor ibn Burd hijo,madh,g’azal va riso janrlarida ijod qilgan.
Abu Nuvos (762-823\145-198).
Al – Xasan Abu Nuvos Xuziston qishloqlarining biri – Axvazda 762\145 yili tavallud topdi. U kambag’al oiladan bo’lib, ikki yoshligida Basraga ko’chib boradilar. Bola kattaroq bo’lgach, otasi uni bir kishiga o’qishga beradi. U kishi Abu Nuvosga Qur’on o’qishni o’rgatadi. Otasi vafotdan so’ng onasi uni savdogar qo’liga topshiradi.
Abu Nuvos buyuk tilshunos olimlar Abu Ubayd va Xalaf al-Axmarlardan ta’lim oldi, aytishlaricha, Xalaf al – Axmar o’z shogirdiga Arab shoirlari she’rlarining katta qismini yodlatib, undan keyingina she’r yozishga ruxsat bergan.
Abu Nuvos Bog’dodga Xorun ar – Rashid vaqtida 795\179 yili kelgan. Bu erda u Barmakiylarga yaqinroq bo’ldi. Ularni asarlarida madh etdi. Abu Nuvos Xorun ar-Rashidni madh etib qasidalar yozdi va uning e’tiborini qozondi, biroq tezda xalifa uni saroydan chetlashtirib, qamashni buyurdi, chunki shoir she’rlarida axloqiy chegaradan chiqib ketgan edi. Qamoqdan chiqqach al-Amin xalifaligi davrida saroy shoiri darajasiga ko’tarildi. Bu gal ham shoir she’rlarida ko’proq may haqida yozadi.
Shoir 50 yoshida Bag’dodda vafot etdi. Uning asarlari Bayrut va Misrda bir necha bor nashr qilindi. U asosan madh, riso, hajv, g’azal, hamriyot va tardiyot janrlarida ijod qildi.
Abu-l-Ataxiya (748-825).
Abbosiylar davri dastlabki davrlarda Arab xalifaligi turli taraflaridan Bog’dodga har xil diniy ilmlar oqimi kela boshladi. Islom, yahudiy-hind nasorolarining dindorlari bu dunyo lazzatlaridan voz kechish, oxirat haqida targ’ibot ishlarni olib bora boshladilar. Abbosiylar davridagi bu oqim targ’iboti adabiyotda o’z aksini topdi. Uning vakillaridan biri Abu-l-Ataxiyadir. Abu Isxoq Ismoil ibn al-Kosim ibn Suvayd ibn Kisoiy Abul-Atoxiya nomi bilan mashhurdir.
U al-Anbar shahri yaqinidagi Ayn at-Tamr qishlog’ida – o’rta hol oilada tavallud topdi. Yoshligi Kufada o’tdi, ilk ta’limni shu erda olib, so’ngra Bag’dodda davom ettirdi. Uning erta paydo bo’lgan she’riy qobiliyati ko’pchilik tomonidan e’tirof etiladi. Yosh shoir Xalifa al – Mahdi zamonida Bag’dodga kelib, xalifaga atab qasidalar yozadi. Saroy shoiri sifatida Xalifa al – Mahdiydan keyingi xalifalar-Xorun ar-Rashid, al-Amin, al-Mamunlar davrida ham ijod qilib madhiyalar falsafiy, pand-nasihatli she’rlar yozadi.
Abu-l-Ataxiya yangilanish davri shoirlaridan bo’lib, u ko’proq o’ziga xos bo’lgan – zuhdiyot janrida asarlar yaratib, unga asos soldi. Zuhdiyot -bu o’z nafsini tiyish, tarki dunyo qilish ma’nolarini beradi. Arablar zuhdiyot janrida birinchi galda g’amgin, taqvodorlik ruhidagi mungli mulohazalarni aks ettiruvchi, jamiyatdagi noxaqliklarni tanqid qiluvchi she’rlarni kiritadilar.
Shoir ijodida asosiy o’rinni egallagan zuhdiyotda ko’proq diniy pand-nasihatlar, oxirathaqidagi falsafiy mulohazalar o’rin olgan.Shoirni Arab she’riyatidagi falsafiy tarkidunyochilik asoschisi deb hisoblaydilar. U ko’proq she’riy yangilanish tarafdorlaridan bo’lgan.
Uning madhiya janrida yozgan asarlarida maqtashni xushomadgo’ylik darajasida oshirib yubormaydi, hajviy asarlarida qo’pollikka yo’l qo’ymagan holda ehtiyotkorona asarlar yozadi.
Abu-l-Atoxiya asarlarining katta qismi zuhdiyot janriga tegishli, qolgan qismi esa g’azal, madh, riso, hijo, vasf, hikmat janrlaridan iborat.
Shoirning zuhdiyotga oid asarlarini 1070 yili vafot etgan Imom Abu Umar Yusuf ibn Abdulloh, ibn Abd al-Barr, an-Nimriy al-Kartubiy yig’ib to’plaganlar.
Yangilanish davri Nasri.
Abdulloh ibn – Muqaffa (724-759) Abu Muhammad Ruzbex ibn Dadoe – laqabi ibn al – Muqaffaaning kelib chiqishi fors bo’lib, hozirgi Feruzobod shahri o’rnidagi jur qishlog’ida 724 yili tug’ilgan.
Ota – onasi zardushtiy diniga mansub bo’lib, ibn al-Muqaffani ham shu ruhda tarbiyalashgan. Voyaga etgach xalifatning ilm-maskanlaridan biri – Basra shahriga yo’l oladi, u erda mashhur olimlar, adiblar, shoirlar, notiqlar jam bo’lgan edilar. Shuning uchun u Basradagi adabiy to’garaklarga qatnashib, ulug’ustozlar o’gitini eshitadi, yoshligidan go’zal xulqi, ilmga tashnaligi bilan ustozlar va do’stlari ishonchini qozonadi. Shu bois bo’lsa kerak, bu yosh bilimdon yigitni amirlar va saroy a’yonlari saroy xizmatiga olishga intiladilar.
Ibn al – Muqaffa faoliyati umaviylar davrida 20 yoshlarida boshlangan edi. U Karmandagi Umar ibn Xubayra devonida risolalar tuzish bilan shug’ullanadi.
Davlat tepasiga Abbosiylar kelishi bilan u Axvaz hokimi,as-Saffoh va al-Mansurlar amakisi Iso ibn Ali devoniga ishga kiradi. U erda Islomni qabul qiladi va risolalar yozish bilan birga okim jiyanlarini ilm-fan va adabiyotdan boxabar qilish bilan ham mashg’ul bo’ladi.
Ibn al-Muqaffa to o’limiga qadar Iso ibn Ali xizmatida bo’ldi. U al-Mansurning Basradagi hokimi Sufyon ibn Muoviya tomonidan fojiali o’ldiriladi.
5) Ibn al – Muqaffa – Arab adabiyotining buyuk namoyondasi, oliy janob va keng fe’lli inson, katta aql, chuqur bilim egasi, so’z san’ti ustasidir.
6) Ibn al-Muqaffa o’z davri xalq farzandidir. Shuning uchun umri davomida fors adabiyoti va fors davlati tarixiga oid asarlarini tarjima qilib, ularni targ’ibot qilgan. U juda o’tkir va intluvchan. Shu bois u o’z xalqi madaniy merosini tarjima yo’li orqali qaytadan tiriltirishga harakat qildi.
7) u fors davlati tarixiga oid, «Xudoy – noma»-asarini yozdi. Bu asar fors-Eron shohlari tarixiga oid bo’lib, Firdavsiy o’zining «Shohnoma» asarini yozishda manba sifatida foydalangan. Ikkinchi asari «at – toj» -Anushirvoni Odil tarjimai xoliga oiddir.U fors tilidan grek faylasufi Arastuning «kategoriya»va «Analitika» kabi falsafiy asarlarini tarjima qildi.
8) Ibn al – Muqaffa bir necha davlat siyosatiga oid risolalar, do’stona nomalar yozdi. Shular orasida muhimi «Risolatu-s-Saxoba» bo’lib, Ja’far al-Mansurga atab yozilgandir. U asosan Xalifa atrofdagilarga nasihat tarzida bayon qilingan. Unda davlat sistemasini tanqid qilib, qanday qilib davlatni kamolotga etkazishi mumkinligini ko’rsatib bergan. Bu asarni yozishda shoir ko’p fors manbalaridan foydalangan.
9) «rasoilu-l – Xotibin» – («notiqlar risolasi»), «al-adab al-Kabir» («katta Odobnoma») va «al-adab as-sag’ir» («kichik Odobnoma»). Mazkur asarlarida muallif kishi avvalo, o’z ruhiyatini tetiklashtirishi, o’z tafakkurini oydinlashtirishi kerak, bu ajdodlarga munosib oliyjanob rejalarni amalga oshirishga yordam beradi, deb yozadi.
Qadimgilar e’tiboridan hech narsa chetda qolmagan. Shunday ekan biz ota – bobolarimiz tutgan yo’ldan borishimiz darkor. Oqil kishi odamlarga har bir ishda ayniqsa, Alloh yo’lida qilinadigan savob amallarda sobit qadam bo’lishi kerak – deydi.har bir aqlli kishi o’z ayblarini bilsa, ulardan forig’bo’lishga urinishlari lozim. O’rtada o’lim borligini bot – bot eslab, odamlarga ko’proq yaxshilik qilishga shoshilish kerakligini uqtiradi.
Ibn al – Muqaffa asarlarining qiymati ulug’dir, chunki muallif fors, hind va yunon tilidagi manbalarni o’rganib o’shalar tasirida yaratgan.
Ibn al-Muqaffaning yana bir xizmati shundaki, u «Kalila va Dimna»asarini qadimiy fors tilidan Arab tiliga tarjima qildi. «Kalila va Dimna» qadimgi hind donishmandlari yaratgan hikmatli hikoyalar bo’lib, bu hikoyalar allegorik obrazlar, ya’ni hayvonlar tilidan bayon etiladi .
«Kalila va Dimna» Sharq xalqlari hikimatlari jam bo’lgan asardir. «Uni oqil o’qisa mantiqiy hikmatlarining mag’zini chaqadi, johil o’qisa ko’nglini ochib ovunadi» -degan ekan donishmandlardan biri.