Abdiberun xonaqohi

Abdiberun xonaqohi – Samarqand qal’a devorining janubida (berun-tashqari)da joylashgan me’moriy majmua. Ko’hna qabr yoniga toqu ravoqli xonaqoh-masjid (15-asr), o’rtasiga namozgoh, atrof burchaklariga hujra va zinalar qurilgan. Qo’sh qavat gumbazi, poygumbazi va devorlari sirkor g’ishtlar hamda koshinkor naqshlar bilan bezatilgan sodda va fayzli ziyoratgoh. Namozgohning uch tomonidan eshik ochilgan. Mehrob oddiy, xonaqoh xushbichim. Uning shimoliy yonboshida avliyo mozori bor. Katta hovli sahnida sufa, hovuz va darvozaxona qurilgan.

Fikr bildirish