ABDULJABBOR

ABDULJABBOR – Sherdor madrasaning (Samarqand, 1619-36 yillarda qurilgan) me’mori. Abduljabborning imzosi ulkan peshtoq ichidagi ravoqning tepasiga «Ustod mulla Abduljabbor me’mor» deb oq koshinlarda terilgan. Ulkan peshtoq qanotida quyosh-odam va ohuni quvib ketayotgan sher tasvirlangan. Bu koshinkor tasvir me’morning katta san’atkor ekanidan dalolat beradi.