ABDULVAHHOB MIRZO

ABDULVAHHOB MIRZO (? – 1860— 70 yillar, Kitob shahri) — buxorolik xattot. Arab va fors tillaridagi 100 ga yaqin qo’lyozmani shikasta va nasta’liq xatida ko’chirgan. Abdulvahhob Mirzo ko’chirgan asarlardan ba’zilari (Jaloliddin Rumiyning masnaviylari va Nozim Hiraviyning «Yusuf va Zulayho»si) O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi.