ABDULLA FONUS

ABDULLA FONUS (1828 – 1914, Toshkent) — o’zbek xalq qiziqchisi, taqlid ustasi. U fonus yasab sotish bilan tirikchilik qilgan. Turli yoshdagi kishilarga, qush va hayvonlarga taqlid qilgan. Uning taqlidlari ko’pincha achchiq kulgi, hajvdan iborat bo’lgan. Shu yo’l bilan u turmushdagi nohaqlik va qusurlarni, xurofotni hajv qilgan.