ABDULLAYEV YORQUL

ABDULLAYEV YORQUL (1942.18.3, Samarqand viloyati G’ozg’on qishlog’i) — iqtisodchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari doktori, professor (1990). Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan (1968). Shu institutda assistent (1968 — 72), statistika kafedrasida katta o’qituvchi (1972-74), dotsent (1980), hisob-iqtisod fakulteti dekani (1985-91), 1991 yildan Toshkent moliya institutida prorektor. Ilmiy ishlari mintaqaviy statistika masalalariga bag’ishlangan. As: makroiqtisodiy statistika, T., 1996; bozor iqtisodiyoti iazariyasi va amaliyoti, T., 1999; Menejment, T., 2001; Statistika, T., 2002.