Abdulloh ibn Anis

Abdulloh ibn Anis – (7-asr) sahoba. 626 (hijriy 4) yilda huzayl qabilasi oqsoqoli Xolid ibn Sufyon musulmonlarga qarshi qo’shin to’plagan. Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.) qirg’inning oldini olish bo’yicha tadbir ishlab chiqqan. Natijada, huzayl qabilasi lashkarlari rahbarsiz qolgan va tarqab ketgan. Jasur va tadbirkorligi uchun Muhammad (s.a.v.) Abdulloh ibn Abu Bakrga o’z asolarini hadya qilganlar. U bu sovg’ani juda qadrli bilgan va umrining oxirigacha qo’lidan tushirmagan. Vafotidan keyin, uning vasiyatiga ko’ra, aso birga ko’milgan.

Fikr bildirish