Abdulloh ibn Salom

Abdulloh ibn Salom – to’liq ismi Abdulloh ibn Salom ibn Horis Isroiliy Ansoriy [?-663 (hijriy 43)]-sahoba. Madinada tug’ilgan. Islomga kirgunga qadar ismi Husayn ibn Salom bo’lib, uni Abu Yusuf deb ham chaqirishgan. Madinadagi yahudiylarning Banu Qaynuqo’ qabilasidan. Yusuf va Muhammad ismli ikki o’g’li bo’lgan. Musulmon bo’lmasdan avval u to’g’riso’z, taqvodor yahudiy olimi sifatida mashhur bo’lib, qavmi, nasabi va dinidan qat’i nazar, hamma uni hurmat qilgan. Mufassir allomalar Qur’oni karimning “… Isroil avlodidan bo’lgan bir guvoh ham u (Qur’on)ning o’xshashiga guvohlik berib, imon keltirsa-yu, sizlar (imon keltirmay) kibr qilganingiz nimasi?!” (“Ahqof”, 10) oyati Abdulloh ibn Salom (r.a.) haqida tushganiga ittifoq qilishgan. Ali (k.v.): “Albatta, Abdulloh ibn Salom bizning solih kishilarimizdandir”, degan. Abdulloh ibn Salom (r.a.) 25 hadis rivoyat qilgan.

Fikr bildirish