ABDURAHIMOV

ABDURAHIMOV Abduvali (1935.5.06, Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog’i) — O’zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1953 yilda jamoa xo’jaligi a’zoligidan boshlagan. 1964 yildan Chortoq tumanidagi hozirgi «O’zbekiston mustaqilligining 5 yilligi» shirkat xo’jaligida brigada boshlig’i. Abdurahimov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va g’allachilikda yuqori natijalarga erishdi (1999 yilda 26 ga maydonda paxtadan 49 tsentnerga, 44 ga maydonda g’alladan 62 tsentnerga hosil olindi). Paxtachilik va g’allachilik sohalarida ko’plab shogirdlar yetishtirgan.