ABDURAHMONOV Abdujabbor kim bo’lgan?
ABDURAHMONOV Abdujabbor (1907— Toshkent—1977) — O’zbekiston XKS raisi (1938-50). Marg’ilon, Farg’ona, Yangiyo’l va Qo’qon shaharlari, Buxoro viloyatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan (1929-37). 1954-57 yillarda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o’rinbosari va O’zbekiston SSR Davlat reja komissiyasining raisi. Vetnamdagi elchixonada iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahatchi (1960-64), O’zbekiston SSR Mahalliy sanoat vaziri (1966-70), O’zbekiston hukumatining SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi doimiy vakili (1970 -77) lavozimlarida ishlagan. Abdurahmonov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkentdagi politexnikum, ko’cha, Toshkent tumanidagi jamoa xo’jaligi uning nomiga qo’yilgan.


