ABDUSALOMOV

ABDUSALOMOV Abdurahim (1950.4.12, So’x tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Leninobod pedagogika institini tugatgan (1980). 1968 yildan So’x tumanidagi 10-maktabda yoshlar yetakchisi, tarix fani o’qituvchisi, 1989 yildan direktor. Abdusalomov maktabda tashkil etgan tarix fani o’quv xonasi viloyat ko’rik tanlovida g’olib deb topilgan.