ABDUSAMATOV Hafiz Shoahmedovich kim bo’lgan?
ABDUSAMATOV Hafiz Shoahmedovich (1925.8.2, Jambul shahri) — adabiyotshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975). Filologiya fanlari Doktori (1968). ToshDUning Filologiya fakultetini tugatgan (1946). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor muovini, bo’lim mudiri (1952-60, 1966-79), 1960-66 yillarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Toshkent davlat madaniyat instituti rektori (1979-81), Hamza nomidagi san’atshunoslik instituti direktori (1981-93), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qo’lyozmalar institutida etakchi ilmiy xodim (1994-98). Abdusamatovning ilmiy faoliyati o’zbek adabiyotida satira, dramaturgiya va teatr san’atidagi an’ana, yangiliklar tahliliga bag’ishlangan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).
O‘xshash so‘zlar
- ABDUSAMATOVA Ra’no Jabborovna kim bo’lgan?
- ABDUSAMAT BUYURTMA HUDUDI haqida nimani bilasiz?
- ABDUSHUKUROV Rustam Hakimovich kim bo’lgan?
- ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY kim bo’lgan?
- ABDUXOLIQ G’IJDUVONIY kim bo’lgan?
- ABEL (Abel) Nils Genrik kim bo’lgan?
- ABELIYA haqida nimani bilasiz?
- ABELYAR (Abelard) Per kim bo’lgan?





