ABDUSHUKUROV

ABDUSHUKUROV Rustam Hakimovich (1908.22.12, Kattaqo’rg’on – 1981.21.4, Toshkent) — faylasuf olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari Doktori (1965), professor. (1968). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU va boshqa oliy o’quv yurtlari falsafa kafedralarida dotsent (1946 — 57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya (1957 — 59), falsafa va huquq (1959 — 64) institutlarining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri (1971 yildan), falsafa kafedrasining mudiri (1964 — 71). Ilmiy ishlari milliy masala, madaniyat muammolariga bag’ishlangan.