ABERRATSION VAQT

ABERRATSION VAQT – yorug’lik nurining Quyosh sistemasidagi kosmik jismlardan yerga etib kelishiga ketgan vaqt (tezlik). Ushbu tezlik 499,012 r tenglamadan aniqlanadi (sekund); bunda r — kosmik jismgacha bo’lgan masofa (astronomik birliklarla o’lchanadi). Sayyora, kometa va, ayniqsa, yer sun’iy yo’ldoshlarining ko’rinma harakati juda katta. Ular kuzatilganda Aberratsion vaqt hisobga olinib, tegishli koordinatlarga tuzatmalar kiritiladi.