ABISSAL TEKISLIKLAR

ABISSAL TEKISLIKLAR – chekka dengizlarning okean soyliklari va botiqlaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qa’ri va o’tish zonasida keng tarqalgan: yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga to’g’ri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egallaydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida ko’p tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relyefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan ko’proq uchraydi.