ABORTIV INFEKTSIYA

ABORTIV INFEKTSIYA — 1) (tibbiyotda) yuqumli kasallikning ro’yrost yuzaga chiqmay, qisqa vaqt davom etishi; 2) (mikrobiologiyada) bakteriya hujayrasiga bakteriofag yuqtirilgach, fag zarralarining ko’paymasligi, bakteriyaning erib ketmasligi. Bakteriyalar hujayrasini turli moddalar bilan dorilash, och qoldirish, kaltsiy ionlarining bo’lmasligi ularda fagning ko’payishiga to’sqinlik qila oladi.