ABU HAYYON ANDALUSIY
ABU HAYYON ANDALUSIY Asiruddin Muhammad ibn Yusuf ibn Ali al-G’arnotiy (1256-1334) — tilshunos olim. 65 ta asar yozgan, ularning 10 dan ko’prog’i bizgacha yetib kelgan. «Kitob ulmubayyin Fi tarix il-Andalus» («Andalusiya tarixi haqida bayon qiluvchi kitob»), «Zahr ul-mulk Fi taharrurit turk» («Turk ozodligi chechagi»), «Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi»), «Kitob ulaf’ol Fi lisonit turk» («Turk tilidagi fe’llar kitobi»), “Mantiq ul-furs li Lison il-furs» («Fors tilini bilmaydiganlar uchun fors tili haqida so’zlar»), «Nur ul-g’abash Fi Lison il habash» («Habash tilidagi qorong’uliklarni yorituvchi nur»), «Ad-Durrat ul-muzi’a Fi lug’atit Turkiya» («turkiy til haqida nur beruvchi marvarid») kabi asarlari mavjud. U asarlarida turkiy tillarning grammatikasi va leksikasi, o’sha davrda mavjud bo’lgan ko’pgina turkiy lahja va shevalar haqida ma’lumot bergan. Uning asarlari turkiy tillar tarixini o’rganishda qimmatli manbadir.