Abulasvad Dualiy

Abulasvad Dualiy – (603-688, Basra) islom olimi, tobeinlardan. Asli ismi Zolim ibn Amr bo’lib, to’g’riso’z va hozirjavobligi bilan shuhrat qozongan. Hazrat Ali (k.v.) bilan birga Siffin jangida ishtirok etgan. Basrada qozilik qilgan. Nahv ilmiga asos solgan va Qur’oni karimning harflariga nuqtalar qo’yib chiqqan (avvalgi Qur’on nuqtalarsiz va harakatlarsiz bo’lgan). Abulasvad Dualiy Muhammad (s.a.v.) davrlarida islomga kirgan, biroq u zot bilan ko’risha olmagan.