ABULFAZL MAQBARASI

ABULFAZL MAQBARASI, Saraxs bobo maqbarasi —me’moriy yodgorlik (11 – asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023 yil vafot etgan) qabrining ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 metr). Qalin devorining yuqori — to’rt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qo’sh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga o’rnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15 – asrda ta’mir etilganda qisman o’zgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bezatilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.