“Abulmuslimnoma”
“Abulmuslimnoma” – 10-11-asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozilgan, keyinchalik arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuroson va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Muallifi-Abu Tohir Tarsusiy. “Abulmuslimnoma” qadimiy qissa uslubida yozilgan bo’lib, 10-asrda taraqqiy topgan sharqona er yigitlik (futuvva,t bag’rikenglik) xususiyatlari va talablari o’z aksini topgan. Asar Eron, Turkiya, ayniqsa, Turkistonda katta shuhrat qozongan. Turkistonda uning ayrim qismlari asosida mustaqil yirik asarlar (“Zamchinoma” va boshqalar) yaratilgan. “Abulmuslimnoma”ning o’zbek tilida nashr etilgan nusxalari (masalan, “Abu Muslim jangnomasi”, 1992) va boshqalar ham bor.