Abvo

Abvo – Makka bilan Madina (Yasrib) o’rtasidagi qishloq. Muhammad (s.a.v.)ning onalari Omina bint Vahb ibn Abdumannof ul zotni tog’a urug’i bilan tanishtirish uchun Madinaga olib borib qaytayotganda yo’lda vafot etgan va shu qishloqda dafn etilgan. Muhammad (s.a.v.) Toif qamalidan g’olib qaytayotganlarida shu qishloqdan o’tib, onalari qabrini ziyorat qilganlar.