ABXAZLAR

ABXAZLAR (o’zlarini apsua deb atashadi) — Gruziyadagi xalq, Abxaziyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 115 ming (1992). Abxazlarning oz qismi qo’shni Ajariyada, shuningdek Turkiya, Gresiya va Arab mamlakatlarida ham yashaydi. Abxazlar ajdodlari Ossuriya, keyinchalik antik davr manbalarida (abeshla shaklida) qayd etilgan bo’lib, Kavkazning qora dengiz sohilida yashagan eng qadimiy xalqlardan sanaladi. Miloddan avvalgi minginchi yillarda Abxazlar ikki katta kabila (abxaz va apsi) dan iborat bo’lgan; keyinchalik bu qabilalar abxaz xalqining tarkib topishiga asos bo’lgan. Abxazlar abxaz tilida gaplashadi. Bular til va madaniyat jihatidan adigey xalqiga yaqin. Abxazlaning ko’pchilik qismi musulmonsunniylar, pravoslavlar ham bor. Ular dehqonchilik, chorvachilik, asalarichilik, shuningdek ovchilik bilann shug’ullanadi.