ACHCHIQKO’L Toshkent shahrining qayerida joylashgan?

ACHCHIQKO’L — Toshkent shahridan 20 kilometr G’arbdagi ko’l. Uzunligi 700 metr, eni 150 metr. Achchiqko’l buloq suvidan to’yinadi. Ko’l va uning atroflari qamishzor. Ko’lda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10— 15 santimetr). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi.

Fikr bildirish