ADAMS
ADAMS (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. «Ozodlik o’g’lonlari» inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-kontinental Kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. Adams Bostonda muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan o’rnak olib Angliyaning Shimoliy Amerikadagi hamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 — 83) da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. Adams 1794 — 97 yillarda Massachusets shtatining gubernatori.