ADIP
ADIP — to’n, paranji, mursak, chopon va boshqalarning oldi va etagiga ich tomonidan (astarning ustidan) qo’yib tiqilgan 5-6 santimetr enlikdagi gazlama. Adip qora satin yoki qarg’a shoyining chetidan ko’ndalangiga yoki uzunasiga qiyib olinib, bir-biriga ulab tayyorlanadi (Adipli chopon — yon va etaklariga Adip qilingan chopon).