Adl

Adl (arabcha – adolat)-islom dinida Alloh sifatlaridan, “ilohiy adolat”ga e’tiqod qilish – islom aqidaviy talablaridan biri. Mo’taziliylar Allohnig insonlarga odilligi haqidagi tasavvurdan kelib chiqib inson irodasining erkinligi haqida fikrni ilgari surgan. Shialikda Adl so’zi rasman qabul qilingan beshta aqidadan biri, inson taqdirini belgilashdagi Allohning adolatli hukmi mazmunida qo’llaniladi. Hozirgi zamon islom ilohiyotida Adl jamiyatning barcha a’zolariga nisbatan “ilohiy adolat”, ularning “Alloh oldida tengligi” deb talqin etiladi. Shariatda Adl islom diniy qonunlarining “ilohiy adolat”ga asoslanganini ifodalaydi.