ADMIRAL
ADMIRAL (Arabcha — Amir ul-bahr — dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz flotining qo’mondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi Admirallar uchun — kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi Admirallar uchun — injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor.