ADVENTIV A’ZOLAR
ADVENTIV A’ZOLAR (lotincha Adventicius — g’ayri, odatdan tashqari), bejo a’zolar — noo’rin joylashgan biologik a’zolar. Masalan, o’simliklarda kurtaklarning odatdagi o’rni poya bo’g’imidagi barg qo’ltig’idadir. Adventiv kurtak esa bo’g’im oralig’idan, barglardan va hatto ildizdan o’sib chiqadi.