AEROIQLIMSHUNOSLIK

AEROIQLIMSHUNOSLIK – iqlimshunoslikning troposfera va quyi stratosfera (25 kilometr balandlikkacha) dagi iqlim sharoitlarini o’rganuvchi bo’limi. Yer sirtining bevosita ta’siri sezilmaydigan balandlikdagi qatlamdan erkin ATM. (e.a.) boshlanadi. E.a. iqlim, meteorologik elementlar — bosim, temperatura, namlik, radiatsiya balansi va shamolning statistik ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. E.a.da shamol kuchayib, yo’nalishi turg’unlashadi. Iqlim hosil qiluvchi asosiy jarayonlar issiqlik almashishi, namlik almashishi va ATM.ning umumiy tsirkulyasiyasidir. E.a.dagi barcha meteorologik elementlarning davriy va uzluksiz o’zgarishi, ko’p yillik rejimi asosan shu jarayonlar bilan aniqlanadi. Iqlim hosil qiluvchi bu uch omil birbiriga bog’liq. E.a.da namlik kamayishi ATM. qurg’oqchiligiga olib keladi. Geografik kenglikning meteorologik elementlarga ta’siri balandlikka qarab orta boradi. E.a. qatlamlari iqlimi geografik kenglik bo’yicha aniq taqsimlanadi. Aeroionoterapiya ana shu omillarni tadqiq qilish bilan shug’ullanadi.