AEROPORT

«Aeroport» so’zi o’zbek tiliga tarjima qilinsa, «havo bekati» degan ma’noni bildiradi. Bizning yerimiz havo okeani — atmosfera bilan o’ralgan. Havo kem alari — samolyotlar, vertolyotlar uni barcha yo’nalishlarda kesib o’tadi. Aeroportlarda uchish mashinalari yukdan bo’shatiladi, ulardan yo’lovchilar tushishadi, ularda yonilg’i to’ldiriladi, yana yuk ortiladi, yangi yo’lovchilar chiqishadi. … Bizning samolyotimiz qo’nish uchun aeroportga yaqinlashmoqda. Pastda beton yo’llar kesib o’tgan ulkan tekis maydon ko’zga tashlanadi, ba’zan yo’llarning ikki chetida, o’tlar orasida qator chiroqlar ko’rinadi, bu yo’llar samolyotlar qo’nadigan va havoga ko’tariladigan yo’lkalardir. Ulardan har tomonga samolyotlar burilib oladigan ensizroq yo’lkalar ketgan. Maydon chekkalariga har xil inshootlar qurilgan. Butunlay oyna va metalldan qurilgan ko’rkam bino — aerovokzal. Ana u minora esa asosiy komanda punkti — dispetcherxona. Shu yerdan turib dispatcher samolyot uchuvchilari bilan gaplashadi, ularning qaysi yo’lkaga qo’nishlari yoki qaysi yo’lkadan ko’tarilishlari haqida ko’rsatmalar beradi, ularga ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qiladi. U radiolokatorlar ekranida atrofdagi bir necha kilom etr havo bo’shlig’ini kuzatib turadi. Quyuq tuman tushgan yoki osmonni bulut qoplagan paytlarda dispetcher shu radiolokatorlar yordamida samolyotning qo’nishiga rahbarlik qiladi. Aerovokzal orqasidagi beton qoplangan katta maydonda qanotli kemalar turibdi, ba’zi samolyotlar oldida yonilg’ili ulkan avtotsisternalar bor. Ulardan samolyotlarga yonilg’i quyilmoqda. Ba’zi samolyotlar oldida yuk mashinalari va transportyorlar bor. Transportyorlarning lentalarida samolyotlarga yuklar ortilmoqda. Mana, samolyot yaqiniga avtobuslar keldi, eshiklari ochilib, odamlar birin-ketin tushishdi. Ular hademay samolyotga chiqib, ko’zlagan manzillariga yo’l olishadi. …. Bizning samolyotimiz asta-sekin pasayib, aeroportga qo’ndi. Shu zahoti uning eshigiga juda qulay narvon — trap taqaldi. Eshiklar ochilib, yo’lovchilar beton maydonga tushishdi. Ixcham avtobusga tirkalgan vagonchalar — avtopoyezd yo’lovchilarni aerovokzaloga olib ketdi. Aerovokzal oddiy temiryo’l vokzaliga o’xshaydi: bu yerda chipta sotiladigan kassalar, pochta, telegraf, yuk f4 saqlash kameralari, kutish zallari, bojxona, shifokor xonasi, restoran bor. Aeroport murakkab va gavjum katta xo’jalikdir. Shuning uchun uni, odatda, shahardan chekkaroq joyda qurishadi. O‘zbekistonning hamma katta shaharlarida aeroport bor. Ulardan eng kattasi Toshkent shahrida.