AFARUN

AFARUN — ilk o’rta asrlarda Sug’d podsholigining Panch (Panjikent) viloyat hokimligiga qarashli ma’muriy hududlardan birining hokimi. Movarounnahrda Arab futuhotlari davrida Panch hokimi Devashtichga yaqindan yordam berib turgan nufuzli shaxs.