Agora
Agora (grekcha)-qadimgi Gretsiyada xalq yig’ini; shu yig’inlar o’tkaziladigan maydon; Agora dastlab Vasiliy saroyi oldida o’rnashgan, keyin mustahkamlangan tepa etagidagi akropolga ko’chirilgan. Eng mashhur Agora Afinada bo’lib, u areopag va akropolning shimolida joylashgan. Afina Agorasi jamoat binolari, usti berk galereyalar, xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar, e’tiborli kishilar nomini abadiylashtirish uchun qo’yilgan yodgorliklar va boshqalarni o’z ichiga olgan. Bizning davrimizgacha saqlangan Gefesta ibodatxonasi ham Agoraga borib taqaldi.