Agreman
Agreman (fransuzcha agreement-rozilik) – xalqaro huquqda bir davlat hukumatining boshqa davlat doimiy diplomatik vakilini o’z mamlakatida qabul qilish to’g’risidagi roziligi. Agreman ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi. Agreman 1961 yil 18 aprelda qabul qilingan “Diplomatik aloqalar to’g’risidagi Vena konventsiyasi” bilan tartibga solinadi.