Agressiya

Agressiya (lotincha agressio-hujum qilish), tajovuz-bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi g’ayriqonuniy bo’lgan har qanday kuch ishlatilishi. Agressiyaning eng xavfli ko’rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi og’ir xalqaro jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29-sessiyasi (1974) “Agressiyani belgilash to’g’risida”gi rezolyutsiyani yakdillik bilan ma’qullagan. Bilvosita, iqtisodiy va g’oyaviy Agressiya tushunchalari ham bor.