AHL UL-KITOB

AHL UL-KITOB (Arabcha — kitob ahli, mazmunan o’z diniy kitobiga ega bo’lgan xalqlar)— Islom aqidasiga ko’ra, haqiqiy dindorlar (musulmonlar) va «g’ayridin» majusiylar o’rtasidagi odamlar toifasi. Ular o’zlariga yuborilgan muqaddas kitoblar matnini buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxirgi payg’ambarlik vazifasi to’g’risida eslatilgan gaplar chiqarib tashlangan. Ahl ul-kitobga xristianlik va yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar kiritilgan. Musulmonlar umuman Ahl ul-kitobga sabr-toqatli munosabatda bo’lib kelganlar. Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar o’rtasida kelishuv va tinch munosabatlar o’rnatilishiga imkon bergan, hozir Islom davlatlari bilan xristian davlatlari o’rtasida muloqot olib borish uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat qiladi.