AHMEDOV FAYZULLA

AHMEDOV FAYZULLA (1936.28.8, Toshkent) — O’zbekiston Respublikasi xalq artisti (1999). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1963). 1958 yildan Muqimiy teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Sulton («Jon qizlar»). Samandarov («O’jarlar»), Gersog Arsenio («O’n ikkinchi kecha»), Jaynob Botir («Ravshan va Zulxumor»), Toshbolta («Toshbolta oshiq tadbirkor»), Haqquli («Nodirabegim»), Boltaboy («Quyovlar konkursi»), Otajon moryak («Super qaynona») va boshqalar. Videofilmlarda ham bobo («Navoiy»), Darvesh gov («Bobur»), Orif ota («Ko’ngil ko’chalari») kabi obrazlar yaratdi. «Akbarning sarguzashti» (Jabbor), «Yolgiz yodgorim» (Rahmonberdi) singari filmlarda suratga tushgan. Mingdan ortiq film dublyajida qatnashgan.