AHMEDOV UMRZOQ

AHMEDOV UMRZOQ (1887-1954) -marg’ilonlik yog’och o’ymakori. Qo’qon va Marg’ilon o’ymakorlarining an’analarini rivojlantirdi. O’yma bezakli eshik, darvoza va boshqa me’moriy qurilmalar ustasi sifatida Shuhrat qozondi, «Ustoi xudrod» («Mustaqil ishlovchi usta») laqabini olgan. U lo’la pardoz uslubida yog’ochga naqshlar solgan, ilk bor yog’och o’ymakorligida qora lok bilan ishlashni qo’llagan. Ahmedovning ayrim asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi va respublika amaliy san’at muzeyida saqlanmoqda.