AHMETOV SIROJIDDIN

AHMETOV SIROJIDDIN (1928.12.9, Chimboy tumani — 1996.4.6, Nukus shahri) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. O’zbekiston (1975) va Qoraqalpog’iston (1973) da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Filologiya fanlari Doktori (1966), professor (1970). Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan (1947). Shu institutda o’qituvchi, kafedra mudiri, dekan (1948-50, 1954-76), Qoraqalpog’iston davlat universitetida dekan (1976-81), kafedra mudiri (1981 yildan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot bosqichlari, turli janrlari va ularning rivoji kabi mavzularga bag’ishlangan. «Adabiyot va tanqid» (1978), «Qoraqalpoq adabiy tanqidi va adabiyotshunosligi tarixidan» (1980) va boshqa asarlar, shuningdek darslik, o’quv qo’llanmalari muallifi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1983).