Ahuramazda

Ahuramazda-zardushtiylar xudosi. Zardushtiylik dini qadim zamonlarda va ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda va Eronda keng tarqalgan edi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto”da saxiy xudo Ahuramazda yorug’lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik kabi hamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan. Shuningdek ushbu asardaa Ahuramazdaning barcha yovuzliklarni – zulmat, qurg’oqchilik, ochlik, vabo, sovuq, zaharli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi Anhra-Man’yo – Ahriman xudosi bilan doim kurash olib borganligi bayon etilgan.