AJRALUVCHI BIRIKMA

AJRALUVCHI BIRIKMA – mashinalarning ayrim detallardan bo’laklarga ajraladigan qilib yasalgan qism va uzellari. Vintli, boltli, shponkali, shlisali, ponali birikmalar Ajraluvchi birikmalar hisoblanadi. Ajraluvchi birikmani biror detalga ham shikast yetkazmay qismlarga ajratish va yig’ish mumkin.